Claude Code — Anthropic’ning coding agenti. U loyiha papkangizda ishlaydi: fayllarni o’qiydi, o’zgartirish kiritadi, testlarni ishga tushiradi va git bilan ishlaydi. Har bir xavfli amal uchun sizdan ruxsat so’raydi.
Qayerda ishlaydi?
- Terminal (CLI) —
claudebuyrug’i bilan. - IDE — VS Code va JetBrains kengaytmalari.
- Desktop va web — Claude ilovasidagi Code bo’limi.
Skill’lar bilan ishlash
Claude Code skilllarni ikki joydan o’qiydi:
.claude/skills/— faqat shu loyiha uchun;~/.claude/skills/— barcha loyihalar uchun.
Skill o’rnatish uchun eng oson yo’l — skills CLI:
npx skills add mradkhh/skills --skill mradkhh-explain --agent claude-code
So’ng chatda /mradkhh-explain deb yozasiz. Avtomatik chaqiriladigan skill’larni esa Claude vazifaga qarab o’zi yuklaydi.