Asosiy kontentga o'tish
mradkhh
Orqaga

02 / 02Skill'larHujjatlashtirish2 daqiqa

/mradkhh-adr-generator

Arxitektura va biznes qarorlarini ADR sifatida hujjatlashtirish

Muhim qarorlarni raqamlangan ADR fayllariga yozadi — kontekst, qaror, oqibatlar va tekshiruv dalillari bilan. Qarorlar tarixini buzmaydi, takroriy yozuv yaratmaydi.

Skill'ni o'rnatish

npx skills add mradkhh/skills --skill mradkhh-adr-generator

Keyin agentingizda chaqiring: /mradkhh-adr-generator

Avtomatik ishga tushadi yoki nomi bilan chaqiriladiManba kodi ↗

SKILL.md dagi asl tavsif

Create Architecture Decision Records (ADRs) for architectural choices, business rules, and lasting decisions in implementation plans. Use when asked to document a decision, generate an ADR from repository changes or a plan, or record a replacement for an earlier decision. Preserve rationale, verification evidence, and decision history. Routine code edits and changelog requests alone do not trigger this skill.

Nima qiladi

Kod nima qilinganini ko’rsatadi, lekin negaligini aytmaydi. /mradkhh-adr-generator muhim arxitektura va biznes qarorlarini ADR (Architecture Decision Record) sifatida yozadi. Har bir ADR’da quyidagilar bo’ladi:

Skill dalilga asoslanadi. U sabab, test yoki tasdiqni o’ylab topmaydi. Ma’lumot yetishmasa, “noma’lum” deb yozadi.

Qachon ishlatiladi

VaziyatMisol so’rov
Rejada yoki muhokamada muhim qaror qabul qilindi”Kesh uchun Redis tanladik, buni ADR qilib yoz”
Push qilinmagan o’zgarishlarda yangi arxitektura qarori bor”Hali push qilinmagan o’zgarishlardan ADR yarat”
Eski qaror o’zgardi”003-ADR’ni almashtiradigan yangi qaror yoz”
Kodga aloqasi yo’q biznes qoidasi”Qaytarish muddati 14 kun bo’ldi, qarorni qayd et”

Skill avtomatik ishga tushadi: agent so’rovingiz ADR haqida ekanini tushunsa, uni o’zi yuklaydi. Uni nomi bilan ham chaqirish mumkin.

Eslatma: oddiy refaktoring, formatlash yoki changelog so’rovi ADR uchun sabab emas. Bunday holatda skill yangi fayl yaratmaydi va sababini tushuntiradi.

Talablar

Asosiy tushunchalar

Katalog qayerda?

Skill ADR’larni qaysi papkaga yozishni quyidagi tartibda aniqlaydi:

  1. Siz aniq ko’rsatgan papka.
  2. Loyiha qoidalari, masalan AGENTS.md.
  3. Loyihada allaqachon mavjud ADR katalogi.
  4. Standart: <loyiha-ildizi>/docs/adr/.

Yozishdan oldin agent tanlangan papkani va sababini aytadi.

Statuslar halol qo’yiladi

StatusQachon
ProposedQoralama, tasdiq aniq emas yoki kerakli dalil yo’q
AcceptedAniq tasdiq bor. Amalga oshirilgan deyilsa, muvaffaqiyatli tekshiruv ham bor
RejectedTaklif rad etilgan
DeprecatedQaror bekor qilingan

Faqat testlarning o’tgani qarorni tasdiqlamaydi. Accepted esa “deploy qilingan” degani emas.

Tarix faqat qo’shiladi

Qabul qilingan ADR o’zgartirilmaydi. Qaror o’zgarsa, yangi ADR yoziladi. Unda Supersedes havolasi va Change bo’limi (Before / After / Reason) bo’ladi. Yozishdan oldin skill tarixni tekshiradi:

Misol

/mradkhh-adr-generator sessiyalarni JWT'dan server-side sessiyaga o'tkazish qarorini yoz

Natija — masalan, docs/adr/007-server-side-sessions.md:

# ADR 007: Server-side sessions

- **Date:** 2026-10-12
- **Status:** Proposed
- **Supersedes:** [ADR 002](002-jwt-auth.md)

## Context
...
## Decision
### Change
- **Before:** Stateless JWT (ADR 002)
- **After:** Redis'da saqlanadigan server-side sessiya
- **Reason:** Tokenni darhol bekor qilish talabi
## Consequences
## Verification
## References

Ko’p beriladigan savollar

ADR qaysi tilda yoziladi? Loyihada qoida bo’lsa, o’sha tilda. Bo’lmasa, siz yozgan tilda.

Monorepo’da har bir paket uchun alohida katalog yaratiladimi? Yo’q. Standart holatda bitta ildiz katalog ishlatiladi. Alohida katalog faqat loyiha qoidasi yoki sizning so’rovingiz bo’lsa yaratiladi.

Bir xil qaror ikki marta so’ralsa nima bo’ladi? Skill mavjud ADR’ni topadi va yangisini yaratish o’rniga uning yo’lini qaytaradi.

Ishlayotganini qanday bilasiz

Qayerga mos keladi

reja → qaror → implementatsiya → tekshiruv → /mradkhh-adr-generator → keyingi agent sessiyasi ADR'larni o'qiydi

ADR’lar keyingi agent sessiyalari uchun xotira vazifasini bajaradi. Agent nega shunday qilinganini biladi va eski qarorni bilmasdan buzib qo’ymaydi.


Qaysi toollarda ishlaydi

Bog'liq atamalar