Oddiy chat bitta savolga bitta javob beradi. Agent esa siklda ishlaydi: vaziyatni o’qiydi → keyingi qadamni tanlaydi → tool chaqiradi (fayl o’qish, buyruq ishga tushirish, qidirish) → natijani ko’radi → kerak bo’lsa yana takrorlaydi.
Coding agentlar
Claude Code, Codex CLI, Gemini CLI — bular kod bazasida ishlaydigan agentlar. Ular fayllarni o’qiydi va tahrirlaydi, testlarni ishga tushiradi, git bilan ishlaydi.
Agentdan yaxshi natija olish uchun unga jarayon kerak: qachon reja tuzish, qanday tekshirish, qayerga hujjat yozish. Bu jarayonni skilllar orqali o’rgatish mumkin.