Skill — bu oddiy papka. Uning markazida SKILL.md fayli turadi: tepada YAML frontmatter (name, description), pastda esa agent uchun yo’riqnoma. Yonida shablonlar, skriptlar yoki ma’lumotnoma fayllari bo’lishi mumkin.
skills/mradkhh-explain/
├── SKILL.md # asosiy yo'riqnoma
├── STE.md # qo'shimcha ma'lumotnoma
└── agents/openai.yaml
Qanday ishlaydi?
- Agent ishga tushganda faqat skill’larning nomi va tavsifini ko’radi — bu juda kam token.
- Vazifa tavsifga mos kelsa, agent
SKILL.mdni to’liq yuklaydi (avtomatik chaqiruv). - Yoki siz uni o’zingiz chaqirasiz:
/skill-nomi argumentlar.
Skill’lar Agent Skills spetsifikatsiyasiga amal qiladi, shuning uchun bitta skill Claude Code, Codex, Gemini CLI va boshqa agentlarda ishlaydi. O’rnatish odatda bitta buyruq: npx skills add <repo> --skill <nomi>.