Asosiy kontentga o'tish
mradkhh
Orqaga

Lug'atLLM asoslari

Prompt

Modelga beriladigan kiruvchi matn — vazifa, kontekst, cheklovlar va kutilgan natija formati.

Prompt — model bilan muloqotning asosiy vositasi. Yaxshi prompt nima qilish kerakligini, nima uchun kerakligini va qachon tugagan hisoblanishini aniq aytadi.

Yaxshi promptning belgilari

  1. Maqsad bitta gapda aytilgan.
  2. Kerakli kontekst (fayllar, cheklovlar, misollar) berilgan.
  3. Natija formati aniq: “jadval”, “diff”, “3 ta variant”.
  4. “Tayyor” mezoni bor: “testlar o’tsa”, “har bir da’vo file:line bilan”.

Takrorlanadigan yaxshi promptni har safar qayta yozmaslik uchun uni skillga aylantirish mumkin.


Bog'liq atamalar

← Barcha atamalar