skills CLI — skilllar uchun paket menejeriga o’xshash vosita. U GitHub repo’dan skill papkasini oladi va uni tanlangan agentning (Claude Code, Codex, Antigravity va boshqalar) skill papkasiga joylaydi.
Asosiy buyruqlar
Repo’dagi barcha skill’larni o’rnatish:
npx skills add mradkhh/skills
Faqat bitta skill:
npx skills add mradkhh/skills --skill mradkhh-explain
Yangilash va o’chirish:
npx skills update mradkhh-explain --global
npx skills remove mradkhh-explain --global
Foydali flag’lar
| Flag | Vazifasi |
|---|---|
--skill <nomi> | Repo’dan faqat bitta skill olish |
--agent <id> | Faqat bitta agent uchun: claude-code, codex, antigravity, … |
--global | Joriy loyiha emas, barcha loyihalar uchun o’rnatish |
Eslatma: CLI Node.js 22.20 yoki undan yangi versiyani talab qiladi.