Asosiy kontentga o'tish
mradkhh
Orqaga

Agent skill nima va nega kerak?

Claude Code, Codex yoki Gemini CLI bilan bir necha hafta ishlasangiz, bir xil promptlarni qayta-qayta yozayotganingizni sezasiz: “rejani avval ko’rsat”, “har bir da’voga file:line qo’sh”, “ADR’ni docs/adr/ ga yoz”… Skilllar shu takrorni yo’qotadi.

Mundarija

Mundarijani ochish

Skill — bu papka

Skill murakkab narsa emas. Bu ichida SKILL.md fayli bo’lgan oddiy papka:

---
name: mradkhh-explain
description: Explain a piece of logic or an LLM's output on a rung of the format ladder.
disable-model-invocation: true
argument-hint: "[ste|diagram|html|video] <what to explain>"
---

# Explain

The user wants to understand something...

Tepadagi frontmatter agentga skill haqida qisqa ma’lumot beradi. Pastdagi matn esa skill yuklanganda agent amal qiladigan yo’riqnoma.

Kontekstni qanday tejaydi?

Agent ishga tushganda barcha skill’larning faqat name va description maydonlarini ko’radi. Bu bir necha o’nlab token xolos. To’liq yo’riqnoma faqat vazifa tavsifga mos kelgandagina yuklanadi. Shuning uchun o’nlab skill o’rnatilgan bo’lsa ham kontekst oynasi to’lib ketmaydi.

Skill ikki xil chaqiriladi:

UsulQandayQachon to’g’ri keladi
AvtomatikAgent tavsifga qarab o’zi yuklaydiTez-tez kerak bo’ladigan jarayonlar (masalan, ADR yozish)
Faqat nomi bilanSiz /skill-nomi deb yozasizFaqat siz xohlaganingizda kerak bo’ladigan ishlar (masalan, tushuntirish)

Bitta skill — ko’p agent

Skill’lar ochiq Agent Skills spetsifikatsiyasiga amal qiladi. Shuning uchun bitta papka Claude Code’da ham, Codex’da ham, Antigravity’da ham ishlaydi. O’rnatish uchun skills CLI yetarli:

npx skills add mradkhh/skills --skill mradkhh-explain

Mening skill’larim

Hozircha ikkita skill bor. Har birining o’zbekcha tushuntirishi alohida sahifada:

Yangi skill’lar va AI toollar haqidagi sharhlar shu saytda chiqib boradi. Notanish atama uchragan bo’lsa, lug’atga qarang.


Ulashish: